Ichki ishlar organlarining Transportda xavfsizlikni taʼminlash xizmati aholining havo hamda temiryo‘l transportlari orqali o‘z manzillariga xavfsiz yetib olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi kundalik jadval asosida Temir yo‘l hamda Aeroport orqali viloyatimizga kirib kelayotgan hamda viloyat hududidan chiqib ketayotgan fuqarolarning xavfsizligi, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulklari daxlsizligini taʼminlash, shuningdek ushbu obyektlarda jamoat tartibini saqlash, turli huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish va fosh etish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirib kelmoqda.
Bugun, tungi vaqt bo‘lishiga qaramasdan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshqarmaga tashrif buyurib, bu yerda xizmatni tashkil etish, masʼullarning kundalik xizmat faoliyati va ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bilan qiziqdi.
Tashrif davomida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq ayrim muammoli masalalar yuzasidan tizim mutasaddilari va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlariga manzilli topshiriqlar berdi.