30 Dekabr 2021 yil 497

Ichki ishlar vaziri tomonidan taqdirlanganlarga "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining o‘ttiz yilligi esdalik ko‘krak nishoni" topshirildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-22 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida jinoyatchilikni jilovlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar samaradorligi ko‘zdan kechirilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, hududlarda jinoyatlarni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida samarali faoliyat olib borganligi uchun bir qator shahar va tuman hokimlari hamda mutasaddilar Ichki ishlar vaziri tomonidan mukofotlandi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Qodir Batirovlar tomonidan Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan mukofotlangan G‘ijduvon tumani hokimi - Sherzod Ashurov, Kogon tumani hokimi - Muhiddin Esanov, Olot tumani hokimi - Nargiza Naʼmatova va viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Ibragimovalarga "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining o‘ttiz yilligi esdalik ko‘krak nishoni" tantanali topshirildi.

Text to speech