5 Aprel 2022 yil 459

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik B.Abdullayev Buxoro viloyati IIB Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Reabilitatsiya qilish Markazi va Maxsus qabulxona faoliyatini o‘rgandi.

Buxoro viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i polkovnik Bekmurod Abdullayev, bugun, 5-aprel kuni, viloyat IIB masʼullari hamrohligida Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Reabilitatsiya qilish Markazi hamda “Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona” ga tashrif buyurib, ushbu muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, xodimlarga yaratib berilgan xizmat sharoitlarini o‘rganib, muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning holidan xabar oldi.

O‘rganish jarayonida muassasada saqlanayotgan shaxslar va masʼullarining talab va takliflaridan kelib chiqib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Text to speech