Ichki ishlar vazirligi otalig‘iga berilgan Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyida mas’ullar tomonidan qator ma’naviy-ma’rifiy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalqimiz azaldan farzandiga mehribon va g‘amxo‘r hisoblanadi. Shu sababli yurtimizda yoshlar tarbiyasi va ularning kelajagi masalasiga har doim davlat siyosati miqyosida e’tibor qaratiladi.
Muhtaram yurtboshimiz raisligida joriy yilning 28 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yurtimizdagi mehribonlik uylari va u erda tarbiyalanayotgan bolalar masalasi alohida muhokama qilinganligi ham amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.
Shu o‘rinda qayd etib o‘tish kerakki bugun, respublikamizda 13 ta bolalar uyi, 16 ta mehribonlik uyi, 4 ta bolalar shaharchasi, 86 ta maxsus internatlar mavjud.
So‘ngi yillarda mazkur ta’lim-tarbiya maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, yurtboshimizning 4 ta Farmon va qarorlari, 2 ta Vazirlar mahkamasi qarorlari qabul qilindi.
Videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari yoshlar masalasi, ularning tarbiyasi, kelajagi haqida kuyunib fikr bildirganliklari va bugun yurtimizdagi barcha mehribonlik uylarining O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi nazoratiga berilganligi ham u erda tarbiyalanayotgan yoshlar taqdiri davlat e’tiboridan chetda emasligini ko‘rsatib turibdi.
Shuningdek selektor yig‘ilishida respubliakmizdagi barcha mehribonlik uylari huquqni muhofaza qiluvchi organlar otalig‘iga berilganligini alohida ta’kidlash joiz.
Shu asosda viloyatimizdagi 32-sonli Mehribonlik uyi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi otalig‘iga berildi.
Selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor A.Ikramov reja-topshirig‘i asosida tashrif buyurgan ishchi guruh Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda mehribonlik uyida o‘rganish ishlari olib borib, bu erda tarbiyalanayotgan bolalar bilan turli tadbirlar tashkil etmoqdalar.
Tadbirlarning birinchi kunida mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning ta’lim – tarbiyasi o‘rganildi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan mehribonlik uyida yo‘l harakati xavfsizligi xonasi tashkil etish uchun ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi/
Shuningdek viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimalari, psixolog xodimlar hamkorligida mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan qizlar bilan psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi va qizlardagi psixologik holatlar yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlarining jangovar chiqishlari esa tarbiyalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bolajonlar maxsus texnika vositalari bilan yaqindan tanishar ekan, ular ongida vataniga va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish tuyg‘usi mustahkamlandi, harbiy sohaga bulgan qiziqish hissi kuchaydi albatta.
Tadbirlar davom etmoqda...