4 Oktyabr 2021 yil 561

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi L.G. ismli ayolning Buxoro shahar IIO FMB xodimlarining hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan videomurojaati yuzasidan rasmiy munosabat.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3 sentyabr kuni Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida Buxoro shahar hududida giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotgan bir jinoiy guruhga birlashgan 4 nafar fuqarolar M.S., M.B., B.D. va L.L. lar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Videomurojaatda aytilayotgan gumon qilinuvchi L.L. ismli shaxsni qo‘lga olish jarayonida, u ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, tezkor xodimlardan qochib ketmoqchi bo‘lib, taxminan 30-40 metrlar yugurganidan so‘ng yerga depsinib yiqilib, dumalab ketgan. Shu vaqtda xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-bob, 21, 22, 23-moddalariga asosan gumon qilinuvchi L.L.ga nisbatan kuch ishlatilib, yaʼni uning qo‘llari qayrilib, maxsus vosita hisoblangan qo‘l kishani taqilgan.

Mazkur to‘rt nafar jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Joriy yilning 7 sentyabr kuni jinoiy guruhning har bir aʼzosiga ayblov eʼlon qilinib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining ajrimi bilan ayblanuvchilarning barchasiga nisbatan “Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish Departamenti 6-mintaqaviy hududga qarashli 4-son Tergov hibsxonasida saqlangan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi L.L.ning onasi tomonidan yo‘llangan videomurojaatdagi vajlar yuzasidan xodimlarning hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Text to speech