Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroning "Sitorai-Moxixosa" tarixiy muzey majmuasida tovus qushi patlarini yulib olgan qiz tasviri aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy maʼlumot...
Joriy yilning 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroning "Sitorai-Moxixosa" tarixiy muzey majmuasida tovus qushi patlarini yulib olgan qiz tasviri aks etgan videolavha joylashtirilgan.
Mazkur videolavha Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, joriy yilning 26 mart kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi N.T. ismli shaxs ikki nafar voyaga yetmagan qarindoshlari O.X. va S.X.lar bilan Buxoro shahridagi "Sitorai-Moxixosa" tarixiy muzey majmuasiga sayohatga kelishgan va haqiqatdan ham muzey hovlisida yurgan tovus qushining ikki dona patini yulib olgan.
Ushbu holat yuzasidan voyaga yetmagan O.X.ning onasi G.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.