Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videolavha yuzasidan rasmiy maʼlumot...
Mazkur videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Videolavhada ko‘rsatilgan ushbu holat joriy yilning 21 fevral kuni soat 13:50 da Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani Xo‘jalar mahallasida joylashgan Poykent savdo majmuasi oldida sodir bo‘lgan.
Sh. ismli ayol boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasi bilan S.K. ismli ayolni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan.
Holat tegishli tartibda tuman Ichki ishlar bo‘limi Navbatchilik qismida qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Surishtiruv yakuni yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.