30 Sentyabr 2021 yil 1613

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorovulbozor tumanida istiqomat qiluvchi M.M. ismli ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan doimiy ravishda qiynoqqa solinib, voyaga yetmagan farzandlari yonida urib do‘pposlab kelayotganligi holati yuzasidan rasmiy maʼlumot.

Mazkur holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham Qorovulbozor tumani Imom Buxoriy mahallasida istiqomat qiluvchi M.M. ismli ayolni uning turmush o‘rtog‘i Buxoro shahar “Gulshan” mahallasida yashovchi A.S. 2021 yil 22 avgust kuni taxminan soat 10:30 larda ajrashish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga daʼvo arizasi kiritganligidan g‘azablanib, otasining uyida yashab kelayotgan ayolining yoniga borib, u yerda o‘zaro janjallashib qolib, janjal vaqtida turmush o‘rtog‘i M.M. ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘llari bilan uning boshi, yuzi va tanasining boshqa sohalariga qasddan urib, sudga oid sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sog‘lig‘ining qisqa vaqt yomonlashuviga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatini sodir qilgan.

Holat yuzasidan Qorovulbozor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan A.S. ga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 140-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, jabrlanuvchi deb eʼtirof etilgan ayol M.M. ga himoya orderi rasmiylashtirib berilib, hamkor tashkilotlar bilan birga uning muammolari o‘rganilgan holda doimiy ravishda uning holidan xabar olib kelinmoqda.

Dastlabki tergov yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ravishda maʼlumot beriladi.

Text to speech