23 May 2023 yil 411

G‘ijduvon tumanida qurolni qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs aniqlandi

G‘ijduvon tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari davomida tumanning “Paxtaobod” mahallasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan Q.B. ismli shaxs “Baraka” mahallasi Shirinquduq cho‘l massividagi dala shiyponida 16 kalibrli, bir silliq milli, H 92428-raqamli, “IjK”-modelli otish uchun yaroqli bo‘lgan jangovar o‘q otar qurollar turkumiga kiruvchi ov qurolini tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, undan ushbu ov quroli tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan Q.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech