18 Yanvar 2023 yil 255

G‘ijduvon tumanida jinoiy guruh fosh etildi

G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxslar tumanning Ko‘kcha mahallasida joylashgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli Navoiy va Zarafshon shaharlarini bog‘lab turuvchi yuqori kuchlanishli «l-A-B», «l-17-D» va «l-17-A» elektr uzatish havo tarmoqlarining tayanchlarini ushlab turuvchi jami 33.000.000 so‘mlik metall burchak (ugolnik) qismlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani "Todon" mahallasida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan X.A. ismli shaxs o‘zining jinoiy sheriklari, shu tuman "Rostgo‘y" mahallasida yashovchi D.H., "Ko‘shk" mahallasida yashovchi A.D. va "Denov" mahallasida yashovchi B.U. lar bilan oldindan til biriktirib, jinoiy guruhga birlashib sodir qilganliklari fosh etildi.

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruh tomonidan viloyatimizning boshqa bir qator tumanlarida sodir etilgan xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlari yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech