Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23 iyul kuni “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab har kuni jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabuli yo‘lga qo‘yilgan.
Har kunlik murojaatlar qabuli viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Xuddi shunday navbatdagi qabul joriy yilning 25 avgust kuni tasdiqlangan grafik hamda karantin talablari asosida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan o‘tkazilib, fuqarolarning 25 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.
Qabulda bo‘lgan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 11 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, 5 tasi surishtiruv va dastlabki tergov, 4 tasi kadrlar bilan ishlash, 4 tasi jinoyat qidiruv xizmati va qolganlari boshqa masalalarda bo‘ldi.
Qabul jarayonida asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga va fuqarolar muammolarning bartaraf etilishiga qaratildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.