14 Noyabr 2021 yil 435

Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida bugun, Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi maʼmuriy binosi yer maydonlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

Bunda tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati va xodimlari faollik ko‘rsatgan holda huquq tartibot maskanlari, hududiy ichki ishlar bo‘linmalari oldida ko‘chatlar ekib "Yashil makon" umummilliy loyihasiga o‘zlarining hissalarini qo‘shdilar.

Shuningdek, ichki ishlar bo‘limi xodimlari ko‘chat ekish dolzarb 40 kunligi doirasida o‘zlarining xizmat uylari va yashash xonadonida ham mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish orqali aholiga shaxsiy namuna ko‘rsatmoqdalar.

Bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa barcha shahar va tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati va shaxsiy tarkibi tomonidan belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Text to speech