24 Noyabr 2021 yil 676

Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limining maʼmuriy binosi yangicha qiyofa kasb etmoqda.

Joriy yilning iyun oyidan boshlab Buxoro viloyati Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limining eski va taʼmirlab ahvolga kelib qolgan maʼmuriy binosini kapital taʼmirlash, zamonaviy loyiha asosida qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan edi.

Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan bo‘lib, binoni pardozlash va atroflarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun, 24-noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlari ishtirokida tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida olib borilayotgan qurilish taʼmirlash ishlari va unda yaratilayotgan zamonaviy qulayliklarni joyida borib o‘rganib, jarayonda qurilishni belgilangan grafik asosida qisqa fursatlarda yakunlash, qurilish mollari, zaruriy texnika hamda boshqa vositalarning yetarliligi va mavjud muammolarni birma-bir ko‘zdan kechirdi.

Aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berib, o‘zining bir qator taklif hamda mulohazalarini bildirdi.

Text to speech