Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limining yangicha qiyofa kasb etayotgan maʼmuriy binosida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
Joriy yilning iyun oyidan boshlab Buxoro viloyati Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limining eski va taʼmirlab ahvolga kelib qolgan maʼmuriy binosini kapital taʼmirlash, zamonaviy loyiha asosida qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan edi.
Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan bo‘lib, binoni pardozlash va atroflarini obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun, 30 noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlari ishtirokida tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida olib borilayotgan qurilish taʼmirlash ishlari va unda yaratilayotgan zamonaviy qulayliklarni joyida borib o‘rganib, qurilish va oxirgi pardozlash ishlarini birma-bir ko‘zdan kechirdi.
Aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berib, o‘zining bir qator taklif hamda tavsiyalarini berdi.