Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar eʼlon qilingan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari bilan qator manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda vazirlikning tegishli normativ hujjatlari asosida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan haftaning seshanba va juma kunlari jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilib, mashg‘ulotlarda yurish, yugurish, gimnastika mashqlari, qo‘l jangi, kurash usullari mukammal o‘rgatilib kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 09 noyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi” Farmoyishi talablariga muvofiq joriy yilning 15 noyabr kunidan 15 dekabr kuniga qadar Respublikamizda kasbiy tayyorgarlik oyligi etib belgilandi.
Kasbiy tayyorgarlik oyligi tadbirlari doirasida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bilan jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari hamda jangovar tayyorgarlik darajasini yana-da mustahkamlash maqsadida jangovar qurol 9 mm.li Makarov pistoletidan amaliy o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi.