6 Fevral 2022 yil 437

Joriy yilning 5 fevral kuni Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va quyi tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida 2021 yil yakunlari hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra yil davomida ijobiy ish ko‘rsatkichlariga erishgan xodimlar hamda ularning ota-onalariga IIV huzuridagi Tergov departamenti hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho sovg‘a hamda tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha yil davomida xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar birma-bir muhokama qilinib, bu bo‘yicha barcha tergov bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, Tergov departamenti tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan eʼtirozlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida shaxsiy tarkib uchun o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirildi.

Text to speech