Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash. Vobkent tumani
Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra joriy yilning 5 yanvar kuni nomaʼlum shaxs tumanning Xalach mahallasida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan R.H. ga tegishli “Xalq banki” tomonidan berilgan plastik kartasidan 706.000 so‘mini, 7 yanvar kuni esa shu mahallada yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan M.Sh. ga “Xalq banki” tomonidan berilgan plastik kartasidan 1.300.000 so‘m pullarini yechib olib, ushbu fuqarolarga moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomda ushbu jinoyatni, Vobkent tumanidagi MTT da hamshira bo‘lib ishlovchi, 1985 yilda tug‘ilgan A.D. ismli ayol sodir qilganligi fosh etildi.
Hozirgi kunda uning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda