24 May 2024 yil 1600

Kogon shahar va tuman hamda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi mahallalar yettilik aʼzolarining bilim saviyasini oshirish maqsadida Prezidentimizning yangi qabul qilgan Farmon va qarorlari hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Kogon shahar va tuman hamda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi  mavjud mahallalar yettilik vakillari bilan Prezidentimizning 2023 yil 21 dekabr kunidagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-sonli Farmoni, “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 402-sonli Qarori, shuningdek,  Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida” gi 536-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizom  hamda boshqa quyi normativ hujjatlar talablarini o‘rganish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotini olib borgan Agentlik masʼul xodimlari tomonidan tinglovchilarga yuqorida keltirib o‘tilgan normativ huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishga doir chora tadbirlarning amalga oshirilishi, “mahalla yettiligi” aʼzolarining faoliyatini baholash bo‘yicha vazifa va ko‘rsatgichlarni yaxshilash, mahallalar yettiligining faoliyat mezonlari, ushbu faoliyat bilan bog‘liq kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, KPI ko‘rsatgichlarining shakllanishi va boshqa bir qator yo‘nalishlar yuzasidan tushunchalar berilib, kelgusida mahalla yettiligi va sektor shtabi aʼzolarining hamkorlikdagi faoliyat olib borishlari yuzasidan qo‘shimcha tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.


Text to speech