26 Noyabr 2021 yil 638

Kogon shahrida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihonda yordamlashishni vaʼda qilgan holda firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha bo‘limi, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Kogon tumani, Vadan qishlog‘ida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan Z.M. o‘zga bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, vakolatli tanishlari orqali uni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib berish evaziga 800.000 so‘m berishni so‘rab, pora berishga dalolat qilib, joriy yilning 24 noyabr kuni soat 18:00 larda Kogon shahar Buxoro Shoh ko‘chasidagi “Avtohavaskorlar” maktabi binosi oldida undan kimyoviy ishlov berilgan 800.000 so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech