Kogon shahrida mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorlarining ish natijalari muhokama qilindi.
Bugun, joriy yilning 27 yanvar kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, Kogon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Umida Raxmonova, shahar hokimi va sektor rahbarlari, taalluqli idoralar vakillari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.
Bunda, o‘tgan 2021 yil davomida Kogon shahrining mahallalarida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatlarni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Jarayonda o‘z mahallasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallani jinoyatlardan xoli yashil hududga aylantirish borasida samarali ish olib borgan mahalla mutasaddilari hamda profilaktika inspektorlari taqdirlandilar.