Kogon tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oila Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlarining saʼy harakati bilan yarashtirildi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan mutasaddi idoralar masʼullari hamkorligida Kogon tumani Tuniroq mahallasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bor, oilasi bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli ajrim yoqasiga kelib qolgan, viloyat IIB boshlig‘i qabulida bo‘lib oilaviy muammosi bo‘yicha murojaat qilgan ayol X.G. ning murojaati mahalla faollari ishtirokida muhokama qilinib, oila turmush munosabatlaridagi muammolar birma-bir o‘rganildi.
Jarayonda er va xotinga oila muqaddasligi, oila-turmush munosabatidagi huquqbuzarlik va jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, bunda kelishmovchiliklarning voyaga yetmagan farzandlar tarbiyasidagi salbiy taʼsiri va shu kabi oilalardagi voyaga yetmagan farzandlar bilan bog‘liq noxush holatlar aniq misollarda tushuntirib berildi.
Olib borilgan individual hamda keng qamrovli muhokamalar davomida oila yarashtirilib, kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida X.G.ga “Himoya orderi” rasmiylashtirib berilib, uning turmush o‘rtog‘i bilan order cheklovlari, qo‘yilgan cheklovlar buzilganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.