Kogon tumanida sodir etilgan og‘ir jinoyat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
2022-yil 28-yanvar kuni soat taxminan 02:30 larda Kogon tuman “Tutikunda” MFY "Tutkunda” qishlog‘ida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan J.J Buxoro tumani “Rabotipoyon” MFY “Urganjiyon” qishlog‘ida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan I.A bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolib, natijada J.J fuqaro A.Ini bosh va yuz sohalariga qo‘li bilan qasddan urib, badaniga og‘ir shikast etkazgan.
Jabrlanuvchi A.I olgan tan jarohatlari natijasida RSHTYOIM Buxoro filiali jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan J.Jga nisbatan O‘zbekiston Resbublikasi jinocht kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi qamoqqa olingan.
Bugun, 31-yanvar kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev tomonidan, tuman sektor rahbarlari, mutasaddi idoralar masʼullari, tuman faollari, “Tutikunda” mahallasi mutasaddilari, ushbu mahallaning profilaktika inspektori, mahalla hududidagi qishloq va ko‘cha vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirokida mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari, mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, profilaktik tadbirlar joyiga chiqib o‘rganildi va jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Jinoyatni muhokama qilish jarayonida mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan profilaktik tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan hisobotlari tinglandi va jarayonda masʼullar mazkur jinoyat sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar yuzasidan tushuntirishlar berdilar.
Jinoyat muhokamasida ishtirok etgan masʼullar ushbu mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori, tuman Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi mutasaddilari va ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy muhokama qildilar.
Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari birma-bir tahlil qilingan holda ushbu mahallada, shuningdek, tumanning qolgan barcha mahallalarida, qolaversa viloyatning barcha hududlari va mehnat jamoalarida ushbu jinoyat va uning oqibatlarini taʼsirchan muhokama qilish, kelgusida bu kabi og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, qo‘ni-qo‘shni, tanish bilishlar, er-xotin, aka-uka va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi muammoli masalalarni o‘rganish, ularni bartaraf qilish borasida idoralararo hamkorlikni yana-da kuchaytirish, jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan toifa shaxslar, oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar sifatini oshirishga, hududlarda “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.