30 May 2023 yil 528

Kogon tumanida ustomon firibgar qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati huquq tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi G‘ijduvon tuman bo‘limi “Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish” sho‘basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan G‘ijduvon tumanida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan M.M. ismli shaxs, boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Kogon tumanlararo iqtisodiy sudida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali “Buxoro neftgazavtonaql” AJdagi 1 foiz ulushini undirib berish bo‘yicha daʼvo arizasini qanoatlantirib berish evaziga taʼmagirlik yo‘li bilan 2.000 AQSH dollari berishni so‘rab, Kogon tumani Taraqqiyot” mahallasidagi katta yo‘l yoqasida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech