Bugun “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari maʼmuriy binolari, ularga tutash binolar va atrof mahallalarda xayriya hashari o‘tkazilmoqda
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida, bugun, 30-aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.
Bunda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼmuriy binolari va uning atrof hududlari, ko‘cha va xiyobonlar, hududiy ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolari va ularning atrof hududlaridagi mahallalarda suv sepilib, supirilmoqda, yovvoyi o‘t-o‘lan va chiqindilardan tozalanib, manzarali daraxtlarga shakl berish va tagini yumshatish, oqlash ishlari amalga oshirilyapti.
Umumxalq xayriya hashari doirasida viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan davom etib unda, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari shaxsiy namuna ko‘rsatmoqdalar.