11 Dekabr 2021 yil 636

Malaka oshirish oʻquv kurslari oʻz yakuniga yetdi.

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 20-noyabrdagi “Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish institutining professor-oʻqituvchilari tomonidan sayyor oʻquv kurslari tashkil etildi.

Bunda, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmalari hamda tergov xizmati rahbar xodimlari, shuningdek, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining birinchi va tergov boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

Oʻquv kursining asosiy maqsadi sohaviy xizmat rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishda hududdagi tezkor va kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, prognozlash va baholashning zamonaviy usullarini oʻrgatish, tezkor-qidiruv, jinoyatlarni tergov qilish sohasida tajriba almashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni oʻrganish, mavjud kuch va vositalarni toʻgʻri taqsimlash, shuningdek, xizmat faoliyatiga oid islohotlar va yangiliklar, yuridik va maxsus tayyorgarlik boʻyicha bilimlarini oshirishdan iborat.

Oʻquv kursi tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti xodimlari tomonidan inoovatsion-pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash orqali amalga oshirildi.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida tinglovchilar tomonidan qonun hujjatlari va amaliyot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha savollarga institut professor-oʻqituvchilari tomonidan atroflicha javob berildi.

Oʻquv kursi yakunida tinglovchilardan yakuniy imtihon olinib, oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Text to speech