30 May 2023 yil 433

“Ma‘naviyat oyligi” doirasida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, dunyoqarashi va ma‘naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish hamda IIVning tegishli farmoyishi talablari ijrosi yuzasidan Ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 1-may kunidan 31-may kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Ma‘naviyat oyligi” doirasida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tizimida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan bugun, 30-may kuni “Abu Ali ibn Sino” nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari hamda shahar-tumanlar Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tanlovni adolatli va yuqori saviyada o‘tishini ta‘minlash maqsadida Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashining boy tajribaga ega mas‘ul xodimlari hamda o‘qituvchi va murabbiylar olib bordi.

Tanlovda boshqarma apparati hamda shahar-tumanlar Ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlaridan 70 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etdi.

Shu kuni Axborot-kutubxona markazi mas‘ul xodimlari tomonidan Alisher Navoiyning yangi tahrirdagi “Xamsa” dostonining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Yakunda ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan xodimlar hamda g‘olib jamoalar vakillari boshqarma boshlig‘ining faxriy yorlig‘i, kitoblar jamlanmasi hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” sihatgohida 3 kun, bepul dam olish imkonini beruvchi yo‘llanma bilan rag‘batlantirildi.

Text to speech