Maʼnaviyat oyligi doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan maʼnaviyat soatida O‘zbekiston Respublikasi IIV Ashula va raqs ansambli o‘z konsert dasturi bilan qatnashdi.
Barchamizga maʼlumki, joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar respublika ichki ishlar organlarida “Maʼnaviyat oyligi” deya eʼlon qilinib, hududlarda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday tadbirlar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy organlarida ham belgilangan reja asosida o‘tkazib kelinmoqda.
Xuddi shundan tadbirlardan biri, bugun joriy yilning 18 aprel kuni Ko‘hna va boqiy Buxoro majmuasida joylashgan drama teatrida o‘tkazildi.
Dastavval boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Maʼnaviyat oyligi” deb eʼlon qilinganligi va bugungi kunga qadar amalga oshirilgan manzilli tadbirlar xususida qisqacha to‘xtalib, ushbu oylik doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan, xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasida samarali faoliyat olib borib, yuqori natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarni rag‘batlantirdi.
Jumladan, 12 nafar xodimlarga pul mukofotlari va 1 nafar xodimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomning 40-bandiga muvofiq rag‘batlantirish tariqasida navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvoni tantanali ravishda topshirildi.
Drama teatrida o‘tkazilgan mazkur maʼnaviyat soatida O‘zbekiston Respublikasi IIV Ashula va raqs ansambli sanʼatkorlarining ishtiroki tadbirga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.
Konsert dasturida ijro etilgan kuy, qo‘shiq va raqslar, so‘z ustalarining hangomalari barcha shaxsiy tarkibga maʼnaviy ozuqa berib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
“Maʼnaviyat oyligi” doirasidagi tadbirlar viloyatimizning barcha hududiy ichki ishlar organlarida davom etmoqda...