4 May 2022 yil 452

Muborak ayyom munosabati bilan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining faxriy xodimlari holidan xabar olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning tashabbusi bilan viloyatning barcha shahar va tumanlarida muborak Ramazon oyi hamda Hayit bayrami munosabati bilan xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari, xizmat vaqtida tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolgan xodimlar, shuningdek bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy xodimlarning xonadonlariga borib, bayram tabriklari va sovg‘a salomlar ulashishdek xayrli ishga qo‘l urildi.

Bugun, boshqarma boshlig‘i Shuxrat Aliyev boshchiligidagi masʼullar, Ichki ishlar idoralarining rahbarlik lavozimlarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan bir qator mehnat faxriylari holidan xabar oldilar.

Xonadon sohiblari bilan qilingan dildan suhbat asnosida, boshqarma boshlig‘ining bayram tabrigi va sovg‘alari ulashildi.

Bahonada faxriylarning muammo va takliflari, yosh avlodni tarbiyalashda zarur bo‘lgan tavsiyalari qabul qilinib ijroga qaratildi.

Text to speech