28 Mart 2022 yil 472

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining bir qator xodimlari taqdirlandi

Bugun, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining katta majlislar zalida 21 mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastavval boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev 21 mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirdi.

Bayram munosabati bilan xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasida samarali ish natijalariga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirligining turli darajadagi mukofotlari va esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, Ichki ishlar vazirligining «Aʼlo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan 1 nafar, I, II va III darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan 10 nafar, Ichki ishlar vazirligining «Faxriy yorlig‘i» bilan 5 nafar, «Esdalik qo‘l soati» bilan 2 nafar xodimlar rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari bir qator xodimlarga pul mukofotlari berildi.

Shuningdek, 5 nafar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomning 40-bandiga muvofiq rag‘batlantirish tariqasida navbatdagi unvon bilan taqdirlangan bo‘lsa, 1 nafar ayol xodima ham bayram munosabati bilan muddatidan oldin “podpolkovnik” maxsus unvoniga loyiq ko‘rildi.

Text to speech