“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Romitan tumanidagi mahallalar “beshlik” aʼzolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining shu yil 30 mart kunidagi qo‘shma qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari belgilab berildi.
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Romitan tumanidagi mavjud mahallalarning beshlik vakillari, MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarida huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish tartiblari tushuntirildi.
O‘quv seminar mashg‘ulotlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida begilangan grafik asosida davom ettiriladi.