6 May 2023 yil 396

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Vobkent tumanidagi mahallalar “beshlik” vakillari bilan navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining shu 30-mart kunidagi qo‘shma qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari belgilab berildi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, 6-may kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshchiligidagi masʼullar ishtirokida Vobkent tumanida mavjud 44 ta mahallaning “beshlik” vakillari, MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

Bunda, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish tartiblari tushuntirildi.

Bu kabi o‘quv seminar mashg‘ulotlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida belgilangan grafik asosida davom ettiriladi.

Text to speech