20 Oktyabr 2021 yil 2067

Odam savdosi - davr muammosi. Buxoroda odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, shaharning B.Naqshband ko‘chasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan R.H. ismli ayol, 1999 yilda tug‘ilgan tanishi R.L. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, shu ko‘chada vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan 2003 yilda tug‘ilgan K.S. ismli qizni joriy yilning 4 sentyabr kuni aldov yo‘li bilan o‘z uyiga olib kelib, undan shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida fuqarolik pasportini olib qo‘yib, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, 2021 yilning 4 sentyabr kunidan 8 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida moddiy haq evaziga begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilib fohishalik qilishga majburlab, 9 oktyabr kuni o‘z uyi yaqinida K.S.ni navbatdagi mijozga 800 ming so‘mga pullab, shahvoniy va boshqa past niyatlarda o‘zga bir erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlab odam savdosi jinoyatini sodir qilgan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir davomida gumon qilinuvchi R.H. va uning sherigi jinoyat ustida qo‘lga olinib, ulardan maxsus ishlov berilgan 800 ming so‘m naqd pullar va K.S.ning fuqarolik pasporti tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.H. va R.L. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 135-moddasi 2-qismi. “v”,”g”,”e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech