Oilalar tinch bo'lsa, yurtda farovonlik, xizmatda unum bo'ladi
So'nggi uch yilda yurtimizda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini hal etish yangi bosqichga ko'tarildi. Bunda avvalo virtual qabulxona, xalq qabulxonalari va nihoyat, sayyor qabullarning o'rni beqiyos.
O'zbekiston Respublikasi IIV va Buxoro viloyati IIB rahbariyati tomonidan 2019 yilning o'tgan davri mobaynida aholi bilan 40 dan ortiq sayyor qabullar o'tkazildi. Ularda 600 dan ortiq murojaatlar ko'rib chiqildi.
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonov 2019 yilning 12 dekabr kuni Buxoro viloyatida sayyor qabul o'tkazdi.
Sayyor qabul jarayonida 47 nafar fuqaro bilan bevosita ochiq muloqot o'tkazildi. Qabulda ichki ishlar organlariga ishga qayta tiklash bo'yicha 19 ta, fuqarolik va pasport-viza masalalari bo'yicha 10 ta, surishtiruv va tergov harakatlariga doir 10 ta, ijtimoiy-huquqiy va maishiy masalalarga oid 3 ta, boshqa davlat organlari xodimlarining keyingi xizmat faoliyatini ichki ishlar organlari tizimida davom ettirish bilan bog'liq 5 ta murojaat qabul qilindi.
Murojaatlarning 17 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etiladigan 28 ta murojaatning ko'rib chiqilishi nazoratga olindi, 2 tasi bo'yicha asoslantirilgan malakali huquqiy tushuntirish berildi.