17 Noyabr 2023 yil
2610
Qorako‘l tumanida Qorako‘l, Olot, Jondor tumanlari fuqarolari uchun Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning sud-huquq masalalariga bag‘ishlangan ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘i asosida fuqarolardan kelib tushayotgan sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlarni aholi bilan bevosita har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish maqsadida tashkil etilgan qabulda fuqarolarning 8 ta turli mazmundagi murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa qolgan murojaatlar muddat talab etganligi sababli masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.