O‘rganishlar davom etmoqda...
Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev kundalik ish rejasi asosida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning chorak yakuni bo‘yicha ish natijalari, hududiy ichki ishlar bo‘linmalarining ish faoliyati, mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining xizmat hamda turmush sharoitlari va mavjud tizimli muammolar yechimi yuzasidan joylarga chiqqan holda o‘rganishlar olib bormoqda.
Bugun ham, boshqarma boshlig‘i tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar bo‘limlari masʼul rahbarlari hamrohligida Qorako‘l hamda Jondor tumanlarida bo‘ldi.
Dastlab, Qorako‘l tumani Quyi Yangibozor mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlarining tayanch punkti va uning yonidagi profilaktika inspektorining xizmat uyida yaratilgan sharoitlar hamda Arabxona mahallasida yangidan qurib foydalanishga topshirilgan mahalla binosi va uning tarkibidagi ichki ishlar organlari tayanch punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng tumani Ichki ishlar bo‘limi, 1-son Ichki ishlar bo‘linmasiga borib, bo‘linmaning kundalik ish faoliyati, bo‘linma maʼmuriy hududida birinchi chorak davomida sodir bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan masʼullarining hisobotlarini tingladi.
1-son ichki ishlar bo‘linmasi tumanning Jig‘achi mahallasidagi eski taʼmirtalab binoda joylashganligini inobatga olib, boshqarma boshlig‘i ushbu bo‘linmani ilgari rejalashtirilgan Qoraxoji mahallasidagi boshqa binoga ko‘chirish, ushbu binoni taʼmirlash va bo‘linma faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
Bundan tashqari tuman 3-sektor shtabi binosiga ham tashrif buyurib, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligidagi sektor hududiga qarashli mahallalarni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan manzilli ishlar, sektor rahbarining ish ko‘rsatgichlari bo‘yicha choraklik reyting natijalarini muhokama qildi.
O‘rganish ishlari Jondor tumanida davom ettirildi.
Boshqarma boshlig‘i Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi 3-son Ichki ishlar bo‘limi va uning yonida joylashgan profilaktika inspektorining xizmat uyi hamda Nurafshon mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 323-son ichki ishlar organlari tayanch punkti faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan qator kamchiliklar, muammolar yuzasidan aniq chora tadbirlar belgilanib, jinoyatlar tahlilidan kelib chiqqan holda hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlarni tartibga keltirish, mahallalarda “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.