21 Mart 2023 yil 779

O‘z xonadonida fohishaxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi

2023 yil 17 mart kuni taxminan soat 17:00 larda G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud" maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida Pamo‘za mahallasida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.M. o‘z yashash honadonida moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida bir erkak va ayolni jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib berib, buning evaziga ulardan 60.000 so‘m pullarni olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech