23 Noyabr 2022 yil 890

O‘zaro tajriba almashish “Xodimbay” ishlash tizimi rivojiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 01 oktyabr kunidagi 209-son farmoyishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qarori bilan “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” tasdiqlangan edi. Shu munosabat bilan “Xodimbay” ishlash tizimi joriy etildi. Qolaversa, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida tarbiyaviy va targ‘ibot-tashviqot ishlarini, psixologik hamda ijtimoiy-huquqiy faoliyatni va madaniy tadbirlarni o‘tkazish kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, sohaviy xizmatlar, harbiy tuzilmalar va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan “Xodimbay” ishlash tizimi asosida sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ahvolini o‘rganish yuzasidan topshiriq berilgan edi.

Joriy yilning 18 noyabr kuni IIV o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov tomonidan tasdiqlangan “Ayrim hududiy ichki ishlar organlari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshliqlarining kasbiy ko‘nikmalarini oshirish hamda amaliy tajriba almashishni tashkil etish yuzasidan biriktirish” to‘g‘risidagi reja-jadvalga asosan, joriy yilning 22 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiyev, “Xodimbay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rish va tajriba almashish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida jumladan, G‘ijduvon, Peshko‘, Jondor, Qorako‘l IIB larida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, shuningdek, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan keng va qulay sharoitlar, ichki ishlar organlarining moddiy-texnika taʼminotidagi yangilanishlar yuzasidan xizmat sohalari va hududiy ichki ishlar organlari faoliyati bilan tanishdi. Jarayonlarda “Xodimbay” ishlash tizimi bo‘yicha Buxoro viloyati bo‘ylab joriy etilgan samarali tizim o‘rganildi.

 

Text to speech