O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovda Buxoro viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlarning o‘qishga kirish uchun arizalari 2022 yilning 15 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi asli va nusxasi;
- yaqin qarindoshlarining (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar) pasport va tug‘ilganlik haqida guvohnomalari nusxalari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, nogironlik (agar mavjud bo‘lsa), qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalari nusxalari (asli ko‘rsatilgan holda);
- 3 X 4 o‘lchamdagi 6 ta, 9 X 12 o‘lchamdagi 2 ta rangli foto surʼat (bosh kiyimsiz);
- O‘qish joyidan maʼlumotnoma hamda tavsifnoma;
- Fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
- Hududiy mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi maʼlumotnomaning nusxasi;
- Doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);
ESLATMA; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar ota-onalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga murojaat qilishlari so‘raladi, 2022 yilning 15 aprel kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Manzil: Buxoro shahar Navoiy shox ko‘chasi 6a-uy
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar
+998991742120