18 Aprel 2022 yil 541

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ashula va raqs ansambli Buxoro shaxridagi 24-son ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun o‘zlarining konsert dasturlarini namoyish qilishdi.

Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirligi homiyligiga berilgan Buxoro shaxridagi 24-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida taʼlim sifatini yaxshilash, bilim olish, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi hamda ijtimoiy himoyasini taʼminlash, munosib turmush sharoitlarini yaratib berish maqsadida viloyat hokimligi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, manzilli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda Buxoro viloyati bo‘ylab o‘z konsert dasturlarini namoyish qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Ashula va raqs ansambli mazkur maktab internatiga tashrif buyurib, bunda ansambl tarkibidagi sanʼatkorlar o‘zlarining ijod namunalari, kuy, qo‘shiq va raqslari, so‘z ustalari esa qiziqarli hangomalari va latifalari bilan ishtirok etib, bolajonlar qalbiga bir umrga muhrlanib qoladigan darajadagi bayramona kayfiyat ulashdilar.

 

Text to speech