13 Aprel 2022 yil 370

O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyida buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi munosabati bilan kitoblar yarmarkasi va kitobxon tanlovi o‘tkazildi.

Ma‘naviyat inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushunchadir. Ma‘naviyat kamol topgan jamiyatda qobiliyat, iste‘dod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, g‘ururi, obro‘ e‘tibori hisoblanadi. Inson esa o‘z ma‘naviyatini kitob o‘qish orqali oshirib boradi.

Ma‘lumki, 2-apreldan 2-maygacha ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa xizmat qilish oliy burchimiz" shiori ostida ma‘naviyat oyligi e‘lon qilingan. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyida A.Qodiriy tavalludining 128 yilligi munosabati bilan kitoblar yarmarkasi va kitobxon tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlov adibning "Mehrobdan chayon" romani asosida bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda akademik litseyning 40 ga yaqin o‘quvchilari ishtirok etishdi. O‘quvchilar adib hayoti va ijodiga oid savollarga javob berdilar va asar yuzasidan berilgan test sinovlarini bajardilar.

3 bosqichda tashkil etilgan ushbu tanlovda Qodir To‘rayev uchinchi, Sarvinoz Davronova ikkinchi, Mohinur Vohidovalar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va akademik litseyning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshiradi, shuningdek, Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiradi.

Text to speech