30 Sentyabr 2021 yil 558

O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyida “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro akademik litseyida 1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Akademik litseyning professor-o‘qituvchilari, pedagog xodimlari va litsey o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriy xodimlar ham qatnashishdi.

Tadbirda dastavval polkovnik Shuxrat Aliyev so‘zga chiqib, Ichki ishlar vazirining o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tantanali tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyrug‘i bilan Akademik litsey o‘qituvchilarining 4 nafari pul mukofotlari, o‘quvchilarning 4 nafari “Ichki ishlar vaziri stipendiyasi” yana to‘rt nafari “O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan Akademik litsey direktori va uning o‘rinbosari pul mukofoti, 11 nafar o‘qituvchilariga esa boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari yana 34 nafar o‘qituvchi va pedagog xodimlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari birlashgan Kasaba uyushma Qo‘mitasi homiyligi va boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida esdalik va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy va jangovar chiqishlar, kuy-qo‘shiq va raqslar bayram tadbiriga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech