4 Oktyabr 2021 yil 687

O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga o‘quvchi nomzodlarni tanlash borasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramovning 2021 yil 27 sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida rahbar kadrlar zaxirasini hamda vazirlik taʼlim muassasalariga o‘qishga va xizmatga munosib nomzodlarni tanlash ishlarini yangi tizim asosida tashkil etish to‘g‘risida” gi 206-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash Departamenti masʼul xodimlari hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan IIV Buxoro akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘rta taʼlim maktablarida targ‘ibot–tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, IIV Akademik litseyiga munosib nomzodlarni tanlash maqsadida joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari Buxoro shaxridagi 6, 12, 13, 30, 31 o‘rta-taʼlim maktablarining 9-sinf o‘quvchi yoshlari bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilib, ularga Akademik litseyga o‘qishga kirish tartib tamoyillari, hujjatlarni rasmiylashtirish va bo‘lib o‘tadigan sinov imtihonlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, Akademik litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarga beriladigan imtiyozlar xususida to‘liq maʼlumotlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga bilim saviyasi yuqori, maʼnan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanparvar va ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilish istagi yuqori bo‘lgan o‘quvchi yoshlarni jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida, masʼul xodimlar tomonidan davom ettirilmoqda.

Text to speech