O‘zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhining o‘rganish natijalari yuzasidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi taʼminlanmoqda.
Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Baxtiyor Islamov hamda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov raisligida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda berilgan topshiriqlarga asosan 2021 yil 24 dekabr kuni viloyat IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Jinoyat huquqi kafedrasi dotsenti yuridik fanlar nomzodi - dotsent podpolkovnik Maqsud Qalandarov, Maʼmuriy huquq kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi - dotsent podpolkovnik Abdurashid Xudoyberdiyev hamda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Boltayevlar ishtirokida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida onlayn o‘quv - amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘quv amaliy seminarida viloyatda xizmat olib borayotgan barcha profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektorlari va inspektor psixologlari, HPB boshliqlari, tuman-shahar IIB boshliqlarining jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda boshqa sohaviy xizmat xodimlarining ishtirok etishlari taʼminlanib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi PF-6196-son Farmoni, 2 aprel kunidagi PQ-5050-son Qarori hamda 2021 yil 29 noyabr kunidagi PF-27-son Farmonlari mazmun mohiyati tushuntirib berildi.
Shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda “mahallabay”, “xonadonbay” hamda “fuqarobay” profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli tushunchalar berilib, xodimlarning bilim tajribalari boyitildi.