6 Noyabr 2021 yil 564

O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Shuxrat Xodjayev Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2021 yil 12 iyuldagi 02-ra 2/1-1626-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 iyuldagi 18/1-1855-sonli topshiriqlarida mutasaddi idoralar tomonidan Prezident virtual va Xalq qabulxonalarida aholi murojaatlari bo‘yicha tizimli ishlash, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni manzilli hal qilish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilab berilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 4-5 noyabr kunlari Buxoro viloyati hamda Vobkent tumani Xalq qabulxonalarida O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Shuxrat Nigmatullayevich Xodjayev tomonidan migratsiya va fuqarolik masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida migratsiya va fuqarolik masalalari bilan bog‘liq 20 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqilib, asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olingan ayrim murojaatlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, qabul davomida bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish istagida yurgan va bugungi kunda “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi”ga qabul qilingan 7 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech