25 Fevral 2022 yil 471

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Afv” Farmoniga asosan ozod etilgan buxoroliklar muammolari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 yanvar kunidagi 62-sonli “Afv” farmoniga asosan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan 2 nafar buxorolik mahkumlar ham jazodan ozod etildi.

Ushbu shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashishi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish maqsadida hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va tegishli tashkilotlar tomonidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 25 fevral kuni Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamov va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyevlar, viloyat hokimining o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar ishtirokida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni uy-joy va ish bilan taʼminlash, salomatligini tiklash hamda boshqa mavjud muammolarini hal etish borasida yuzma-yuz muloqot qildilar.

Uchrashuv davomida ularning kelgusidagi maqsad va rejalari o‘rganilib, bildirgan muammoli masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berildi.

Text to speech