“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Qorako‘l tumanida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Bugun, Qorako‘l tumani «Yangizamon» mahallasi hududida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktika inspektorlari va keng jamoatchilik vakillaridan iborat 20 ta ishchi guruhlar tuzilib, fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi yoki qarovsizligi oqibatida uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan yoxud ularning g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishini oldini olish, bunda ota-onalar va keng jamoatchilik vakillarining o‘rni va rolini oshirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish borasida manzilli ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari mahalla vakillari va faollari ishtirokida mahalla hududida yashovchi notinch oilalar holidan xabar olinib, jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktik ishlar olib borilib, oilalarning muammolari ijobiy hal qilindi.
Maʼmuriy hududda yashovchi ov quroliga ega bo‘lgan shaxslarning qurollari birma-bir ko‘zdan kechirilib, qurol egalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Xonadonlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida mahallalarning asosiy kirish chiqish joylari, jamoat joylari va xonadonlarning o‘zida kuzatuv kameralarini o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlarining binolari va xonadonlarni qo‘riqlash pultiga ulash borasida tushunchalar berilib, har bir hududda jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish va uning mexanizmlari aniq misollar bilan tushuntirildi.
Fuqarolarga o‘g‘irlik, firibgarlik hamda oilaviy nizolar natijasida kelib chiqadigan jinoyatlarni oldini olish, ushbu jinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik choralari belgilangan maxsus bukletlar tarqatildi.