Peshku tumanida “Chig‘irchi” mahalla huquq-tartibot maskani o‘z faoliyatini boshladi.
Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan joylarda yangi barpo etilgan yoki kapital ta‘mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilayotgan bino va inshootlar qatorida viloyat ichki ishlar organlari va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning moddiy texnika ta‘minotini mustahkamlash, xodimlarga munosib xizmat sharoitlarini yaratib berish borasida qator manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xuddi shu maqsadda bugun, Peshku‘ tumanining “Chig‘irchi” mahallasida huquq-tartibot maskani qurib foydalanishga topshirildi. Bunda viloyat prokurori, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, binoning tantanali ochilish marosimini o‘tkazdila.
Bundan tashqari tuman hokimligi mablag‘lari hisobidan profilaktika inspektorlariga 7 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari ham olib berildi. Shu bilan tuman ichki ishlar bo‘limi huquq tartibot maskanlarining barchasi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan to‘liq taʼminlandi.