12 Avgust 2021 yil 739

Peshku tumanida ijtimoiy tarmoqlar yordamida firibgarlik qilgan shaxsning kirdikorlari fosh etildi.

2021 yil 13 iyul kuni soat 13:00 larda 1998 yilda tug‘ilgan J.R. ismli qiz o‘zgalarni aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mol-mulkni qo‘lga kiritish maqsadida, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Mehrli qo‘llar” nomli guruhga “M.M.M” nomli akkauntni tashkil qilib, shu guruhga a’zo bo‘lgan Peshko‘ tumani Chorobod qishlog‘ida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan U.X. ismli ayol bilan yozishmalar olib borib, o‘zining og‘ir kasal ekanligi va jarrohlik amaliyoti uchun pul zarurligini aytib, “Click” elektron tizimi orqali plastik kartasiga hadya qilishini yolvorib so‘rab, uni ishontirib, U.X.ning tanishi H.S. nomiga “Xalq banki” tomonidan berilgan plastik karta raqami hamda maxsus kodini olishga erishib, kartadan jami 959.500 so‘m pullarni echib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Peshku tumani IIB tergov guruhi tomonidan J.R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda ushbu qizning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Text to speech