3 Fevral 2023 yil 777

Peshkulik bezori qonun oldida javob beradi

2023-yil 20-yanvar kuni soat 17:00 larda Peshku tumani Qudratshex qishlog‘ida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan O.O. jamoat joyi hisoblangan qishloqning futbol o‘yingohida jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lmagan 1981 yilda tug‘ilgan S.T. bilan hech bir sababsiz janjallashib, uni urib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra «chap yonoq suyagining sinishi bilan davom etgan yonoq sohasida qontalash, iyak sohasida yara, chap ko‘z qovoqlarida qontalash va chap ko‘z sklerasida qon quyilishi» bilan bog‘liq qasddan badanga o‘rtacha og‘ir turdagi tan jarohatini yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech