25 Noyabr 2022 yil 757

Pirotexnika  mahsulotlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurash muhim vazifa.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy Gvardiyasining qo‘shma rejasi ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan edi.

Ushbu qo‘shma reja asosida Buxoro viloyatida ham huquq tartibot organlari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan kompleks tashkiliy-tahliliy va tezkor-profilaktik tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda hududlarda pirotexnika vositalarining qonunga xilof muomalasini oldini olish, aholi orasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan  qator ishlar amalga oshirildi.

Viloyat hududida pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish tadbirlariga jami  1480 nafar huquq-tartibot organlari xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat 69 ta maxsus guruhlar tuzilib, viloyatning chegara hududlari, bozorlar, savdo markazlari, ko‘ngilochar joylar, taʼlim muassasalari va jamoat joylarida hamda ko‘chalarda 2275 marotaba nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar davomida jami 26 ta holatda pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda sotish, saqlash hamda olib yurish  bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, 129.394 dona, umumiy qiymati 27.000.000 so‘m miqdordagi pirotexnika vositalari hujjatlashtirilib olindi.

Bu boradagi tadbirlar bugungi kunda ham uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

 

Text to speech